IJOD UCHUNMahsulot rasmiReels ssenariysiO‘qish va tadqiqotKontent reja
SAYT ICHIDAGI AI YORDAMCHI
G‘oyangizni Gemini bilan rivojlantiring.
Nimada yordam kerak?
Prompt, kontent g‘oyasi yoki o‘rganayotgan mavzu haqida so‘rang. Har savol alohida ko‘rib chiqiladi.
JAVOB
Fikrdan aniq natijaga.
Mavzu va maqsadni yozing. Javob shu yerda ko‘rinadi.
Bu yordamchi matn yozadi; rasm va video yaratmaydi.
GEMINI BILAN OVOZLI SUHBAT
Yozish shart emas. Gaplashamiz.
O‘zbekcha savol bering, Gemini ovoz bilan javob beradi. Suhbat davomida oldingi gaplaringizni eslab turadi.
Limit tekshirilmoqda…
Ovoz orqali savol bering
Kuniga 8 × 15 daqiqa, jami 120 daqiqagacha. Har boshlashda bitta 15 daqiqalik seans ajratiladi; erta tugatilgan seans ham hisoblanadi. Limit shu brauzer uchun, Toshkent vaqti bilan yarim tunda yangilanadi. Google kvotasi yoki saytning umumiy limiti oldin tugashi mumkin.
Boshlash orqali mikrofon audiosini Google Gemini’ga yuborasiz. Mikrofon faqat suhbat davomida ishlaydi. Audio saytimizda saqlanmaydi. Quloqchin tavsiya etiladi. AI javoblarini tekshiring.
OLING. MOSLANG. SINAB KO‘RING.
G‘oyangizga mos prompt toping.
19 ta ochiq shablon · O‘zbek tilida
[Qavs ichidagi] joylarni o‘zingizga moslang. Bu yerda prompt tayyorlaysiz; natijani tanlagan AI vositangizda yaratasiz.
19 ta prompt topildi.
Talabalar
Kurs ishiga tadqiqot rejasi
Mavzu, tadqiqot savoli va bajarish bosqichlari.
Promptni ko‘rish +
Ustoz bergan talablar va mavzuni kiriting.
Men [fan] bo‘yicha [mavzu]da kurs ishi yozaman. Talablar: [talablar]. Menga tayyor topshiriladigan ish yozma. Avval tadqiqot savolimni aniqlashtirish uchun 5 savol ber. Javoblarimdan keyin boblar rejasini, har bobda men tahlil qilishim kerak bo‘lgan savollarni va dalil turlarini taklif qil. Muddat: [sana]. Bosqichlar bo‘yicha ish jadvali tuz. Mavzuni toraytirish zarur bo‘lsa tushuntir.
Talabalar
Manbalarni topish va tekshirish
Ishonchli manbalarni saralash uchun tekshiruv jadvali.
Promptni ko‘rish +
Topgan havolalaringizni yoki manba matnini qo‘shing.
Mavzu: [mavzu]. Izlash uchun o‘zbek, rus va ingliz tillarida kalit so‘zlar tuz. Birlamchi ilmiy manbani tanlash mezonlarini ayt. Men taqdim etgan manbalar: [havolalar / matn]. Muallif, sana, asosiy da’vo, dalil va cheklovlarni jadvalda tahlil qil. Manbani ochish imkoning bo‘lmasa buni aniq ayt; maqola nomi, DOI, iqtibos va sahifa raqamini o‘ylab topma. Men tekshirishim kerak bo‘lgan joylarni belgila.
Talabalar
O‘z matningizga muharrir fikri
Mustaqil yozilgan matnning aniqligi va mantiqini yaxshilash.
Promptni ko‘rish +
O‘zingiz yozgan bo‘limni joylang.
Quyidagi o‘zim yozgan matnga muharrir sifatida fikr ber: [matn]. Asosiy fikrim va uslubimni saqla. Mantiqiy uzilishlar, takrorlar, tushunarsiz gaplar va manba talab qiladigan da’volarni alohida ko‘rsat. Har biriga sabab va tuzatish taklifini yoz. Yangi fakt, manba yoki natija qo‘shma. Avval izohlar ber, so‘ng men tanlagan jumlalarni tahrirlashga yordam ber.
Talabalar
Iqtibos va adabiyotlar ro‘yxati
Manbalarni tartibli ko‘rsatish va yetishmagan rekvizitlarni aniqlash.
Promptni ko‘rish +
Manba rekvizitlarini va universitet talabini kiriting.
Iqtibos uslubi: [ustoz talab qilgan uslub]. Manbalarim: [muallif, nom, yil, nashr, sahifa, DOI yoki URL]. Faqat berilgan ma’lumotlar asosida adabiyotlar ro‘yxatini tartibla. Yetishmagan rekvizitlarni taxmin qilma, savol sifatida ko‘rsat. To‘g‘ridan-to‘g‘ri iqtibos bilan o‘z so‘zimda bayon qilish farqini tushuntir. Matnimdagi [parcha] uchun qayerda manba ko‘rsatish kerakligini belgila.
Talabalar
Kurs ishi himoyasiga mashq
Savol-javob orqali o‘z ishingizni tushuntirishga tayyorgarlik.
Promptni ko‘rish +
O‘zingiz tayyorlagan ish mazmunini kiriting.
Mening kurs ishim: [reja va o‘z xulosalarim]. Himoyaga tayyorlanishda ustoz rolida bo‘l. Mavzu dolzarbligi, usul, dalillar, cheklovlar va xulosalar haqida bittadan savol ber. Har javobimdan keyin kuchli va noaniq tomonlarini ko‘rsat, keyin keyingi savolni ber. Men qilmagan tahlil yoki tajribani qo‘shma. Yakunda qaysi mavzularni qayta o‘rganishim kerakligini ayt.
Rasm
Bir qahramon — turli rakurslar
Ketma-ket sahnalar uchun qahramon referensini tayyorlash.
Promptni ko‘rish +
Qahramonning tiniq referens rasmini ilova qiling.
Referensdagi qahramon uchun bir xil ko‘rinishdagi 4 ta alohida kadr tayyorla: old tomondan, 45 daraja, yon tomondan va to‘liq bo‘y. Yuz shakli, soch, yosh, teri rangi, kiyim va tana nisbatlarini imkon qadar izchil saqla. Fon: oq. Yorug‘lik: yumshoq studiya. Har kadrda bir xil obyektiv hissi va ranglar bo‘lsin. Format: 1080×1440. Qo‘shimcha aksessuar va yozuv qo‘shma. Avval bitta rakursni yarat; qolganlari uchun shu tasvirni referens sifatida ishlat.
Video
Ikki qahramonning 8 soniyalik suhbati
Vaqti va so‘z navbati aniq qisqa dialog.
Promptni ko‘rish +
Qahramonlar, mavzu va aytiladigan gapni almashtiring.
8 soniyalik video sahnasi. Qahramonlar: [A tavsifi] va [B tavsifi]. Joy: [muhit]. 0–4 soniya: A o‘zbekcha “[qisqa gap]” deydi, B jim tinglaydi. 4–8 soniya: B “[qisqa javob]” deydi, A jim tinglaydi. Bir vaqtda gapirish bo‘lmasin. Gapirayotgan qahramon lablari nutqqa mos harakatlansin. A ovozi: [tavsif]. B ovozi: [tavsif]. Kamera: o‘rta plan, yengil yaqinlashish. Referensdagi yuzlar, kiyim va ranglarni izchil saqla. Matn va subtitr qo‘shma. Nutqni avval ovoz chiqarib o‘qib, vaqtga mos qisqartir.
Rasm
Choyshab uchun interyer tasviri
Uy tekstili uchun mahsulotga mos interyer kompozitsiyasi.
Promptni ko‘rish +
Mato naqshi ko‘rinadigan referensni yuklang.
Referensdagi [mato ranglari va naqshi] asosida ikki kishilik karavotdagi choyshab to‘plami tasvirini yarat. Ko‘rpa jildi, choyshab va yostiq jildlarida ayni mato uyg‘unligini saqla. Yostiq o‘lchami: 48×74 sm, chetlari 5 sm hoshiyali. Zamonaviy yotoqxona, yumshoq iliq yorug‘lik, tabiiy burmalar va mato teksturasi. Divan emas, karavot bo‘lsin. Kamera 45 daraja yuqoridan. Vertikal 1080×1440. Rang va naqshni ixtiyoriy almashtirma. Mahsulotda mavjud bo‘lmagan detalni qo‘shma.
Biznes
Mahsulotning 3 reklama g‘oyasi
Bir mahsulotni uch xil yondashuvda tanishtirish.
Promptni ko‘rish +
Auditoriya va tasdiqlangan afzalliklarni kiriting.
Mahsulot: [nomi]. Auditoriya: [kimlar]. Tasdiqlangan afzalliklar: [ro‘yxat]. 3 xil reklama konsepsiyasi yoz: 1) kundalik muammo va yechim; 2) foydalanish jarayoni; 3) mahsulot detaliga urg‘u. Har biriga asosiy fikr, kadr tavsifi, 7 so‘zgacha sarlavha va tabiiy chaqiriq yoz. Har g‘oyani telefon bilan suratga olish mumkin bo‘lsin. Uydirma mijoz fikri, soxta natija, chegirma yoki texnik xususiyat qo‘shma.
Kontent
Taqdimot uchun slayd rejasi
Tayyor materialdan sodda va izchil taqdimot tuzilmasi.
Promptni ko‘rish +
O‘z matningiz yoki tekshirilgan ma’lumotlarni kiriting.
Quyidagi materialdan [auditoriya] uchun [son] slaydli taqdimot rejasi tuz: [material]. Har slaydga bitta asosiy fikr, qisqa sarlavha, 3 tagacha tayanch nuqta va vizual tavsiya ber. Mening matnimda yo‘q faktlarni qo‘shma. Har bir da’vo uchun qaysi manbaga tayanishini ko‘rsat, manba bo‘lmasa “tekshirish kerak” deb belgilagin. Oxirida [daqiqa] daqiqalik chiqish uchun vaqt taqsimotini yoz.
Video
Olti kadrli video uchun izchillik rejasi
Bir xil qahramon va muhit bilan izchil video reja.
Promptni ko‘rish +
Bitta mavzu va qahramon tavsifini kiriting.
[Mavzu] bo‘yicha 6 kadrli video rejasi tayyorla. Asosiy qahramon: [tashqi ko‘rinish, kiyim]. Asosiy muhit: [joy, yorug‘lik, ranglar]. Avval barcha kadrlarda saqlanadigan qahramon va muhit tavsifini yoz. Keyin har kadr uchun: voqea, kamera rakursi, bitta asosiy harakat, boshlang‘ich holat va yakuniy holatni ko‘rsat. Keyingi kadr oldingi holatni mantiqan davom ettirsin. Predmetlar birdan paydo bo‘lmasin, kiyim va vaqt sababsiz o‘zgarmasin. Har kadrni alohida generatsiya uchun tushunarli yoz.
Rasm
Mahsulot uchun studiya rasmi
Katalog yoki mahsulot kartochkasi uchun tasvir yo‘nalishi.
Promptni ko‘rish +
Mahsulot rasmini ilova qiling. Qavs ichidagi joylarni almashtiring.
Ilova qilingan [mahsulot] rasmini asosiy referens sifatida ishlat. Mahsulot shakli, rangi, logotipi va nisbatlarini saqla. Uni [fon rangi] rangidagi toza studiya fonida joylashtir. Yumshoq yon yorug‘lik, tabiiy soya, aniq material teksturasi. Mahsulot kadr markazida, yuqorida sarlavha uchun bo‘sh joy. Format: 1080×1440 vertikal. Qo‘shimcha yozuv, suv belgisi va begona buyumlar qo‘shma.
Talabalar
Murakkab mavzuni sodda tushunish
Mavzuni yodlash emas, misol va savollar orqali tushunish.
Promptni ko‘rish +
Mavzu va tushunmayotgan joyingizni yozing.
Menga [mavzu]ni o‘rganishda yordam ber. Darajam: [boshlang‘ich / o‘rta]. Avval mavzuni oddiy misol orqali tushuntir, keyin asosiy atamalarni izohla. So‘ng menga bittadan savol berib tushunganimni tekshir. Javobimni kut, xatolarimni tushuntir va o‘zim tuzatishimga imkon ber. Hisob yoki misoldagi taxminlarni aniq ayt. Yakunda o‘zim yozadigan qisqa xulosa uchun 3 tayanch savol ber.
Video
15 soniyalik Reels ssenariysi
Vaqt, kadr va nutqi ajratilgan suratga olish rejasi.
Promptni ko‘rish +
Mavzu, auditoriya va maqsadni aniq yozing.
[Mavzu] haqida 15 soniyalik vertikal Reels uchun ssenariy yoz. Auditoriya: [kimlar]. Maqsad: [tushuntirish / tanishtirish / buyurtma]. 0–3 soniya: e’tiborni tortadigan aniq savol; 3–11 soniya: bitta foydali yechim; 11–15 soniya: tabiiy chaqiriq. Jadval ustunlari: vaqt, kadr, aytiladigan gap, ekrandagi matn. Nutq o‘zbekcha, sodda va vaqtga sig‘adigan bo‘lsin. Asossiz va’da, soxta chegirma va uydirma statistika ishlatma.
Video
Rasmni videoga aylantirish
Videogenerator uchun harakat va kamera tavsifi.
Promptni ko‘rish +
Jonlantirmoqchi bo‘lgan rasmingiz bilan ishlating.
Referens rasmdagi qahramon, kiyim, predmetlar, fon va yorug‘likni saqla. Davomiylik: [soniya]. Harakat: [bitta aniq harakat]. Kamera: sekin va ravon [yaqinlashish / yon tomonga siljish]. Harakat tabiiy, yuz va tana nisbatlari izchil bo‘lsin. Yangi odam yoki predmet qo‘shma. Keskin montaj, titrash, buzilgan qo‘l va ortiqcha barmoqlar bo‘lmasin. Ovoz: [muhit ovozi / ovozsiz].
Kontent
Bir haftalik kontent reja
Amalda tayyorlash mumkin bo‘lgan haftalik reja.
Promptni ko‘rish +
Nishangiz va haftada nechta post chiqarishingizni kiriting.
[Soha] uchun 7 kunlik Instagram kontent rejasi tuz. Auditoriya: [kimlar va ularning muammosi]. Taklifim: [xizmat yoki mahsulot]. Haftada [son] ta material tayyorlay olaman. Rejada foydali maslahat, jarayon, ko‘p beriladigan savol va xizmat tanishtiruvi bo‘lsin. Har biriga mavzu, format, asosiy fikr, kerakli material va chaqiriq yoz. Mavjud bo‘lmagan mijoz fikri yoki natijani qo‘shma. Bir odam telefon bilan tayyorlay oladigan g‘oyalar tanla.
Biznes
Mijozga tushunarli taklif
Ish hajmi, muddat va narxi aniq taklif.
Promptni ko‘rish +
Narx va muddatni o‘zingiz belgilang.
Quyidagi xizmat uchun mijozga yuboriladigan qisqa taklif yoz: [xizmat]. Vazifa: [mijoz ehtiyoji]. Natijada beriladigan fayllar: [ro‘yxat]. Muddat: [muddat]. Narx: [narx]. Tuzatishlar soni: [son]. Mijozdan kerak bo‘ladigan materiallar: [ro‘yxat]. Samimiy, aniq o‘zbek tilida yoz. Kiritilgan va alohida kelishiladigan ishlarni ajrat. Sotuv yoki ko‘rishlar sonini kafolatlama.
Rasm
Mahsulot uchun fon
Mahsulotni joylashtirish uchun bo‘sh kompozitsiya.
Promptni ko‘rish +
Tayyor mahsulotni keyin dizaynda joylashtirish uchun.
[Mahsulot turi] uchun reklama foni yarat. Uslub: [minimal / zamonaviy / tabiiy]. Ranglar: [palitra]. Asosiy predmet joylashadigan markaziy qismni bo‘sh qoldir. [Mos dekorlar] faqat chetlarda, mahsulotni to‘smasin. Yorug‘lik [yo‘nalish]dan tushsin, sirt va perspektiva aniq bo‘lsin. Format: 1080×1440 vertikal. Mahsulotning o‘zini, yozuv va logotip yaratma.
Kontent
Matnni sodda va ravon qilish
Bir fikrning qisqa va batafsil talqini.
Promptni ko‘rish +
Tahrir qilinadigan matnni oxiriga qo‘shing.
Quyidagi matnni o‘zbek tilida ravon tahrir qil. Ma’nosi, sonlar va muhim shartlarni saqla. Ortiqcha takror, balandparvoz iboralar va keraksiz so‘zlarni qisqartir. Auditoriya: [kimlar]. Ohang: samimiy va professional. Ikki variant ber: qisqa va batafsil. Noaniq ma’lumotlarni taxmin qilib to‘ldirma, savol sifatida ajrat. Matn: [matnni kiriting].
TALABALAR UCHUN
Kurs ishingizni tushunib yozing.
Rejadan himoyagacha yordamchi promptlar.
Qanday foydalanish kerak?
Promptlar kutubxonasida “Talabalar” filtrini tanlang. Mavzu va ustoz talablarini kiriting, javobni tekshiring va ishni o‘z tahlilingiz bilan davom ettiring.
AI ishlatish bo‘yicha ustozingiz qoidalariga rioya qiling. Har bir manbani asl nusxadan tekshiring; qoralamalar va o‘z izlanishlaringizni saqlang. Bu bo‘lim AI ishlatilganini yashirish yoki tekshiruvdan o‘tishni kafolatlash uchun emas.
Narx va muddat vazifa hajmiga qarab kelishiladi. Buyurtmalar Telegram orqali qabul qilinadi.
LOYIHA MUALLIFI
Salom, men Murodjon.
AI kreator · Infografika dizayneri
AI imkoniyatlarini amaliy ishga aylantiraman.
1 yildan ortiq vaqt davomida sun’iy intellekt va marketplace infografika bilan ishlayman. Bu yerda siz o‘z loyihangizda sinab ko‘rishingiz mumkin bo‘lgan promptlar va tushunarli yo‘riqnomalarni jamladim.
Ish namunalarini ko‘rish yoki loyihangizni muhokama qilish uchun menga yozing.
Ha. Bu sahifadagi prompt va qo‘llanmalar ochiq. Ularni ko‘rish va nusxalash uchun hisob ochish kerak emas.
Saytning o‘zi rasm yoki video yaratadimi?+
Yo‘q. Bu yerda shablon tanlaysiz va nusxalaysiz. Uni foydalanayotgan AI vositangizga joylab ishlatasiz. Tashqi vositaning hisob va tarif talablari alohida bo‘lishi mumkin.
Natija xuddi men xohlagandek chiqadimi?+
Natija tanlagan vosita, referens va topshiriq aniqligiga bog‘liq. Tayyor natijani tekshiring va kerakli joyini bosqichma-bosqich tuzating.
Buyurtma qanday beriladi?+
Telegram orqali vazifa, kerakli format, muddat va namunani yuboring. Ish hajmi va narxini kelishib olamiz. Sayt ichida to‘lov olinmaydi.